Farğonalik taniqli bloger va jurnalist Olimjon Haydarov namoyişlar uyuştiriş, ötkaziş tartibini buziş hamda yolğon axborot tarqatişda ayblanib 21 million söm miqdorda jarimaga tortildi. Bu haqida Oliy sud rasmiy axborot bilan çiqdi.
“Bugun jinoyat işlari böyiça Özbekiston tuman sudida Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 201-moddasi (yiğilişlar, mitinglar, köça yurişlari yoki namoyişlar uyuştiriş, ötkaziş tartibini buziş) 1-qismi va 202-2-moddasi (yolğon axborot tarqatiş) 2-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik harakatlari böyiça bloger Olimjon Haydarovga nisbatan yuritilgan maʼmuriy huqubuzarlik töğrisidagi iş körib çiqildi”, deyilgan rasmiy axborotda.
Maʼlum bölişiça, sudning qarori bilan bloger Haydarov Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning yuqorida körsatilgan moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan.
“Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 34-moddasi (bir neça huquqbuzarlikni sodir etganlik uçun maʼmuriy jazo qöllaş) tartibida bazaviy hisoblaş miqdorining 70 baravari (21 000 000 söm) miqdorida jarima solindi”, deb axborot berilgan Oliy sud xabarida.
Blegerning özi esa Facebook sahifasida haqiqatan ham jarimaga tortilganini yozib, odamlarni taşqarida “fikr politsiyasi” yurganidan ogohlantirgan.
“Taşqarida -5 (vodiyda şunday, Buxoro, Nukus tomonlarda -20 deyişmoqda) daraja sovuq, xonadonlarda na gaz, na elektr bor, borlariga ham tayinli berilmaydi, metan gaz zapravkalarda gaz yöq, Propan va benzin zapravkalarda ertalabdan kmlab navbatlar. Köpçilik odamlar qiş kirganiga endigina 15 kun bölgan bölsa-da, allaqaçon qiş uçun ğamlagan zaxirasini yarmidan köpini işlatib bölişdi.
Lekin bu haqda biror joyda gapirib yurmanglar. Atrof töla “fikr politsiyasi” xodimlari yurişibdi. Yo jarima qilişadi, yo qamaşadi”, degan Haydarov.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerboyev esa Olimjon Haydarovning "yiğilişlar, mitinglar, köça yurişlari yoki namoyişlar uyuştiriş, ötkaziş tartibi"ni buzgan, deb topilib, buning uçun unga jazo belgilanganini “faqat sudga maʼlum bölgan tartib”, deb izohladi.
“Şaxsan men şu kunga qadar "yiğilişlar, mitinglar, köça yurişlari yoki namoyişlar uyuştiriş, ötkaziş tartibi"ni körmadim ham öqimadim ham. Qidirib ham topolmayapman.
Içki işlar vazirligi masʼullaridan ham söradim, yöq ekan”, deb öz xulosalarini bildirgan Kuşerboyev.
Şuningdek, deputat bu tartib-qoida oçiqlanişini Oliy suddan talab qilgan.
“Suddan iltimos qilamiz: boşqalar ham tartibni buzib qöymasligi uçun öşa özlariga maʼlum "yiğilişlar, mitinglar, köça yurişlari yoki namoyişlar uyuştiriş, ötkaziş tartibi"ni bizlarga ham maʼlum qilib, tuşuntirib berişsin. Agarki tartibni buzgan, deb topibdimi, demak bu tartib sudga maʼlum. Şu bois, Oliy suddan javob kutamiz”, degan Rasul Kuşerboyev.









