Bloger Otabek (Abdufatto) Nuritdinov 15 sutkaga qamalgani haqida xabar bergandik. Andijon viloyat maʼmuriy sudi uni tuhmat, haqorat va mayda bezorilikka oid huquqbuzarliklarni sodir etişda aybdor deb topgandi.
Voqea ijtimoiy tarmoqlarni portlatmoqda, turli fikrlar yangramoqda. Xususan, Oliy Majlis deputati Rasul Kuşerbayev öz telegram kanalida quyidagiça munosabat bildirdi:
«
Otabek Nuriddinovning masʼullar işini tanqid qilgani uçun Asakadagi bir guruh mansabdorlar tomonidan özaro til biriktirib jazolatgani yana ham oydinlaşmoqda.
Şu örinda Andijon viloyati hokimiyati matuot xizmati tomonidan öta noxolis, işonçsiz va bir yoqlama tayyorlangan bayonotni körib çiqib, ularga quyidagilarni eslatmoqçiman.
Birinçidan, fuqaro-bloger işlatgan xaromi, degan söz haqoratga kirmaydi. Bu Farğona misolida öz isbotini topgan.
Ikkinçidan, bir fuqaroning ortidan poylab qadamba qadam yurib, materiallar töplaş IIB xodimi uçun pastkaş iş. Men bilgan "forma" kiyganlar mard va oliyjanob, eng muhimi haqiqiy erkak kişilar. Xaliyam bu fikrimda qolaman: ularga pastkaşlik yaraşmaydi.
Uçinçidan, fuqaro-bloger ustidan arz qilganlar uşbu fuqaro tomonidan tanqidga uçragan şaxslar bölgani bois, bu işni körib çiqib, qaror qabul qilinişida xolislik bölmagan, deb öylayman. Aylanib ham örgilib ham fuqaro masʼullarning faoliyatini tanqid qilgani uçun jazolangani faktligiça qolayapti. Bu fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş yölida juda yomon signal.
Törtinçidan, qonunlarni amalga tadbiq qilişda tenglikka rioya qilinmay mansabdorlar uçun öta yengil yondoşuv fuqaro uçun öta oğir yondoşuv bölmoqda. Hokim haqorat qilsa isbotlanmaydi yoki nari borsa keçirim söraladi, fuqaro haqorat emas tanqid qilsa ham qamaladi.
Beşinçidan, eng yomoni uyuştirilgan şu işni körib çiqib, adolatli qaror qabul qiliş imkoni bölgan sud ham adolatsizlik qilib, Özbekiston nomidan bir fuqaroni fikr bildirgani, tanqid qilgani va özining fuqarolik pozitsiyasini namoyon qilgani uçun jazolagan. Essiz, zöravonlik asli biz suyangan, işongan, mustaqil qilamiz va taqdirimizni işonamiz, degan dono sud orqali qilinmoqda. Xayf bölsin.
Bundan çiqdi vaziyatdan kelib çiqib, fuqaro sifatida konstitutsiyaviy huquqimdan foydalanib bildirgan tanqidiy fikrlar uçun ham meni sud qarori bilan jazo kutmoqdami?
Sönggida aytar sözim: Asaka masʼullari hayf sizga, siz adolatsiz, tanqidni kötara olmaydigan, davlat rahbari namuna bölib olib borayotgan oçiqlik yölidagi islohotlarni tuşunmaydigan, öz örniga nomunosib şaxslar ekansiz. Yaxşisi örningiz xalqparvar, adolatli, davlat rahbarining siyosatini töğri anglab qöllab quvvatlaydiganlarga böşatib bering!
.









