Özi ijroçi, özi deputatlar boşliği, özi qonun çiqaruvçi – Kuşerboyev hokimlar haqida

Özi ijroçi, özi deputatlar boşliği, özi qonun çiqaruvçi – Kuşerboyev hokimlar haqida

Xalq deputatlari mahalliy Kengaşlarning qarorlarini bekor qiliş mumkinligi yangi qonun bilan Oliy Majlis Senatiga berilmoqda. Bu haqda Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerboyev maʼlum qildi.

“Men Senat tarkibida hamon ijro hokimiyati vakili hisoblangan hokimlarning borligi va joylarda mahalliy Kengaşlarga bir vaqtning özida hokimlar raislik qilişda davom etayotgani uçun bu yangi qonunni Özbekistonda hokimiyatlar örtasida tiyib turiş printsipining buzilişiga olib keladigan yana bir qadam, deb hisoblayman. Heç bölmaganda bu vazifani hozirça ijro hokimiyati vakillari yöq bölgan Qonunçilik palatasi qilgani maʼqulroq edi”, deydi Kuşerboyev.

Deputat joylardagi hokimlar mahalliy kengaşdan öziga kerakli qarorni ololmasa, bu işni yuqoriroqda, Senatda senator sifatida bitirişi mumkinligini aytib ötgan. Bu örinda eng köp mojaroga sabab böladigan “snos” masalasi eslatilgan.

“Ayniqsa “snos” masalasida qaror qabul qiliş mahalliy kengaşlardagi deputatlar ixtiyoriga berilayotgan bir paytda, hokimlar özlarining “buziş” işlarini deputatlar qöli orqali qilişi, agar kengaş boşqa qaror qabul qilsa ham Senatda senator sifatida Kengaş qarorini bekor qiliş imkoniyatini oşirişi mumkin.

Xullas telba teskarilik, uçtasi birda: özi ijroçi, özi deputatlar boşliği, özi qonun çiqaruvçi. Bitta sudni olib beriş qoldi xolos...

Uzoq va yaqin kelajakni öylamay qilinayotgan iş bölsa ham afsuski... qonun qabul qilinyapti”, degan Rasul Kuşerboyev

×