Rasul Kuşerboyev Isteʼmolçilar huquqini buzayotgan “UzAuto Motors”ni jazolaşni talab qilmoqda

Rasul Kuşerboyev Isteʼmolçilar huquqini buzayotgan “UzAuto Motors”ni jazolaşni talab qilmoqda

Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerboyev mijozlariga 4-pozitsiya Chevrolet Cobalt’ni avtomobil örindiğini isitiş modulisiz yetkazib berişni taklif qilayotgan “UzAuto Motors” AJga qator savollar bilan murojaat qildi.

“UzAuto Motors” 4-pozitsiya Chevrolet Cobalt’ni kutayotgan mijozlarga avtomobil örindiğini isitiş modulisiz taklif etmoqda ekan. Uşbu komplektatsiya 1 mln sömni taşkil etadi hamda uşbu summa mijozga qaytarib berilarkan”, deydi deputat.

Uning sözlariga köra, kompaniyaning uşbu harakatlari bir qator savollarni keltirib çiqaradi.

“Birinçi, isteʼmolçiga kompaniya yarimötkazgiç topa oldimi yöqmi qiziği yöq. U haqini tölagan vassalom.

Kompaniya nega boşqa mamlakatlar avtomobil sanoatiga öxşab, avval avtomobilni işlab çiqarib keyin sotuvga çiqarmayapti? Nega yöq narsaga oldindan pul oladi?

Ikkinçi, kompaniyaning isteʼmolçiga körsatmagan xizmat yoki bermagan tovari uçun oldindan haq tölab işlaşi halol va qonuniymi?

Uçinçi, kompaniya nuqsonli tovar bergani yoki  isteʼmolçiga vaqtida tovarni bermagani uçun neustoyka(penya) ham tölaşi kerak. Buning hisob-kitobi bormi?”, deydi Kuşerboyev.

Uning taʼkidlaşiça, “Isteʼmolçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi Qonunning 19-moddasida “Nuqsonlar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan, şuningdek, iş bajarişni (xizmat körsatişni) boşlaş va tugallaş keçiktirilgan taqdirda, ijroçi isteʼmolçi har bir keçiktirilgan kun, soat (agar muddat soatlarda belgilangan bölsa) uçun iş (xizmat) qiymatining yoki buyurtma qiymatini (agar uning qiymati alohida belgilanmagan bölsa) bir foizi miqdorida neustoyka (penya) tölaydi”, degan norma bor. 

“Oddiy aytganda kimdir 100 mln sömlik avtombilga pul töladi-yu, avtomobil aytilgan komplektatsiyada bölmasa yoki vaqtida xaridorga yetkazib berilmasa, har ötkazib yuborilgan kun uçun unga 1 mln dan pul tölanadi. Agar 100 kun keçiksa, 100 mln tölaydi.

Aytgança şu qonun normasini kompaniyaga yangi kelgan horijlik boş direktorgayam bildirib qöyişsa yaxşi bölardi”, deydi deputat.

U yuqoridagilardan kelib çiqib, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi huzuridagi Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş agentligiga ayni holatni örganib, isteʼmolçilarni himoya qiliş masalasida rasman sörov kiritilganini qöşimça qilgan.

“Isteʼmolçilarga nisbatan bunday kamsituvçi munosabat uçun Agentlikdan keskin çora kutib qolamiz. Sudlar ham bu safar isteʼmolçi huquqiga köz yummas. Zero Özbekiston – huquqiy davlat!”, deya sözini yakulagan Rasul Kuşerboyev.

Avvalroq, “UzAuto Motors” ehtiyot qismlar tanqisligi muammosi yuzaga kelgani uçun mijozlariga 4-pozitsiya Chevrolet Cobalt’ni avtomobil örindiğini isitiş modulisiz taklif etgandi. Buning uçun 1 mln söm çegirma berilişi maʼlum qilingan.

×