Prezident Şavkat Mirziyoyev şu yil 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoşlar bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda Prezident bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali yot ğoyalarning kirib kelayotganligi, unga qarşi tura olamizmi yöqmi degan savollarga ijobiy javob yöqligini tanqid qildi. Ular orqali yoşlarning tarbiyasi, hulq atvoriga salbiy taʼsir etayotganligi havotirli vaziyat ekanligini taʼkidladi.
“Meni jiddiy öylantirayotgan yana bir muhim masala bor. Bu yoşlarimizning hulq-atvori, yuriş-turişi, tarbiyasi bilan bevosita boğliq. Qaysi vazir, hokim turib menga aytadi “men 10-15 kunda, 1 oyda, 1 yilda bir marta kollektivimda, butun tizimda viloyatdagi yoşlarni yiğib muhokama qilaman” deb kim maqtana oladi? Heç kim, heç qaçon. Hammamiz aytamiz yoşlar kuç, ğayrat, qudrat deb. Qaçon biz ular bilan maslahat qilyapmiz? Nima emiş vaqtimiz yöq. Vaqtimiz bölmasa ertaga kim bu yoşlar bilan şuğullanadi? Bugun buni aytmasak ertaga keç böladi”, – dedi Prezident.
Şuningdek, uçraşuvda Prezident endi viloyat, tuman hokimlari hamda sektor rahbarlari yoşlar bilan muntazam uçraşib, ularning muammolarini tinglaşlari majburiyat ekanligini alohida taʼkidladi.
“Yoşlar bilan uçraşuv endi xohiş bilan emas, majburiy böladi” – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Hokim va mutasaddilar endi yoşlarning muammolarini tinglab mahalliy kengaşda har oyda bir marta hisobot beradi va yeçimi böyiça alohida işlaydi. Yil yakunida esa rahbarlar foliyatiga ana şu mezon böyiça ham baho berilişi taʼkidlandi.









