"Paxtakor" futbol klubi va Özbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Jaloliddin Maşaripov "Aldama meni" körsatuvida iştirok etdi va "Andijon" futbol klubi muxlislarining ğazabiga uçradi.
Har şanba "ZörTV" orqali namoyiş etiladigan "Aldama mani" telekörsatuvining bugungi sonida Toşkentning "Paxtakor" va Özbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Jaloliddin Maşaripov iştirok etdi.
Odatda bu körsatuvni tomoşa qilmasdim, lekin bu safar futbolçi iştirok etayotgani uçun qiziqib tomoşa qildim.
Körsatuv mobaynida Jaloliddin Maşaripovga futbolga pul berib kirgan futbolçilar bormi, degan savolga Jaloliddin aytsam, xafa böladi, deb savolni javobsiz qoldirdi.
Oliy Ligaga nomunosib jamoa deganda "Buxoro", "Qizilqum" va ança öylanib turib "Andijon" jamoasi degani biz muxlislarni jahlimizni çiqardi.
Nega bir nafar futbolçini terma jamoaga noloyiq ekanligini aytişga uyalgan Jaloliddin Buxoro, Navoiy va Andijon viloyatlarining boş jamoalari haqida salbiy fikr bildirmoqda? Bir nafar futbolçini xafa qiliş qiyin-u, butun boşli viloyatlarning minglab muxlislarini qalbini oğritiş oson ekanda a?
Jaloliddinga savol bermoqçimiz: qaysi körsatib qöygan karomatingiz uçun minglab muxlislarning sevimli jamoalarini kamsityapsiz? "Paxtakor" bilan OÇLning final öyinida muhim golni kiritib, jamoangizga OÇL ğolibligini olib berdingizmi yoki Özbekiston milliy terma jamoasini JÇga olib çiqib qöydingizmi? Uka, hali yoşsiz, köpçilikning nazaridan qolib ketiş yaxşi emasligini yana bir bor eslatib qöymoqçimiz, xolos!, deya eʼtiroz bildirişdi vodiylik muxlislar









