Yengil vazn toifasida sobiq UFC çempioni Habib Nurmuhamedov oğir vazn toifasidagi boks yulduzi, tarixdagi eng buyuk boksçilardan biri bölgan Mayk Tayson bilan Rossiya telekanallaridan birida uçraşdi. Unda Maykka ötmişdagi bir voqea yuzasidan murojaat qildi.
“Mayk, men sening 2003 yil fevralidagi jangingni eslayman. Bu 18 yil oldin bölgandi. Sen Klifford Etten bilan jang qilişing kerak edi. Bahsga bir hafta qolganida rus OAVlari jangingni reklama qila boşlaşdi. Uşbu bahs Moskva vaqti bilan ertalab soat 5 da boşlanişi kerak edi. Otamdan meni uyğotişini söragandim, sababi, men bu jangni tomoşa qilişni juda istagandim. Otam meni uyğotdi. Sen esa meni hafa qilganding Mayk...
Sen Ettenni birinçi raundning ilk daqiqasidayoq nokaut qilganding. Jang boşlanişi bilanoq sen uni uxlatib quyding. Men zör iştiyoq bilan jangni körişga kirişgan edim, biroq sen jangdan zavq olişga ulgurmasidan uni tugatib qöyding. Öşa jangni eslayman. Biz otam bilan öşa jangni jonli efirda tomoşa qilgandik”, deydi Habib.
Maʼlumot uçun, Tayson professional faoliyati davomida ötkazgan 58 ta jangining 50 tasida ğalaba qozongan. Ularning 44 tasi nokaut bilan tugagan.









