Ayni vaqtda 49 inson kasalxonada qolmoqda, ularning yetti nafari oğir ahvolda, 42 nafarining, şu jumladan bolalarning ham ahvoli barqaror, deb xabar qilmoqda Sputnik naşriga Olma-Ota jamoatçilik salomatligi boşqarmasi rahbari Tleuxan Abildayevga tayangan holda.
Olma-Otadagi aviahalokat haqida eng sönggi maʼlumotlar:
* Olma-Ota kasalxonalarida 49 kişi qolmoqda, ularning yetti nafari oğir ahvolda
* samolyotning halok bölgan kema komandiri Marat Muratbayev 20 141 parvoz soatiga ega bölgan. Ikkinçi uçuvçi oğir ahvolda
* bort qora qutilarini Moskvaga yuborişadi. Ularning rasşifrovkasi bilan Davlatlararo aviatsiya qömitasi şuğullanadi
* aviahalokatning uçta asosiy sabablari aytilmoqda: uçuvçi xatosi, texnik nosozlik va noqulay meteoşaroit
* fojianing dastlabki versiyasi 10 yanvarga qadar eʼlon qilinadi
* Bek Air'ning bekor qilingan reyslariga çipta xarid qilgan yölovçilariga mablağlar qaytarilmoqda, şuningdek, çiptalar boşqa aviakompaniyalar çiptalariga almaştirilmoqda
* halok bölgan va jabrlangan yölovçilar oilalariga yordam uçun hisob raqami oçilgan.
Bek Air kompaniyasi samolyoti 27 dekabr kuni Olma-Ota yaqinida halokatga uçradi. Ön ikki kişi uşbu fojia qurboniga aylandi.









