Dunyoning 80 mamlakatiga tarqalgan koronavirus haqida sönggi maʼlumotlar

Dunyoning 80 mamlakatiga tarqalgan koronavirus haqida sönggi maʼlumotlar

Bugun, 4 mart holatiga dunyo böyiça COVID-19 koronavirusiga çalinganlar soni 264 nafarga köpayib, 93 160 nafarga yetdi. Kasallanganlar asosan Xitoy (119 nafar) va Janubiy Koreyada (142 nafar) köpaydi. Kanadada ham 3 nafar bemor aniqlandi.

Koronavirusga çalinganlarning 50 961 nafari davolandi. Bemorlarning 6771 nafari yoki 17 foizi oğir ahvolda qolyapti. Bugungi kunda kasallik 32 225 nafar kasalning ahvoli qoniqarli.

Koronavirusdan halok bölganlar esa 3203 nafarga yetdi. Janubiy Koreya, Italiya va Eron Xitoydan keyin virus eng avj olgan davlatlar bölib turibdi.

Maʼlumot uçun, Özbekiston va Markaziy Osiyoning boşqa davlatlarida koronavirusga çaliniş holati hozirça aniqlanmadi.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provintsiyasi markazi Uxan şahrida ötgan yilning dekabr oyi örtalarida yangi virus paydo böldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Soğliqni saqlaş taşkilotini mamlakatda epidemiya boşlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozirça Xitoydan taşqari 79 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, AQŞ, Germaniya, Vetnam, Frantsiya, Birlaşgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Şvetsiya, Şri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya, Belgiya, Livan, Misr, Eron, Isroil, Iroq, Bahrayn, Afğoniston, Quvayt, Ummon, Braziliya, Xorvatiya, Şveytsariya, Avstriya, Jazoir, Gruziya, Gretsiya, Şveytsariya, Şimoliy Makedoniya, Norvegiya, Irlandiya, Estoniya, Dominikan Respublikasi, Belarus, Nigeriya, Yangi Zelandiya, Monako, Lyuksemburg, Litva, Qatar, Islandiya, Çexiya, Ozarbayjon, Daniya, Meksika, Ekvador, San Marino, Niderlandiya, Lixtenşteyn, Çili, Argentina, Ukraina, Tunis, Saudiya Arabistoni, Marokaş, Latviya, Iordaniya, Armaniston, Andorra, Senegal, Indoneziya va Ruminiyada aniqlandi.

JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalişi sababli Jamoat soğliği uçun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat soğliği uçun jiddiy xavf tuğilganda eʼlon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi.
Sunnatilla Abdullayev

×