Qöşni Qozoğistonda yuqumli kasallik sabab karantin eʼlon qilindi

Qöşni Qozoğistonda yuqumli kasallik sabab karantin eʼlon qilindi

Qozoğistonning Qostanay viloyati Auliyeköl tumani Novoselovka qişloğida brutsellez kasalligi tarqalgani sababli karantin çoralari joriy etildi. Bu haqda mahalliy “Naşa gazeta” naşri xabar berdi.

Mahalliy hokimiyat qaroriga köra, hududda quyidagi çeklovlar joriy qilindi:

  • Jonivorlarning karantin hududi orqali ötkazilişi yoki taşilişi taqiqlanadi;
  • Soğlom jonivorlarni hududga olib kiriş yoki çiqariş man etilgan (faqat ularni söyiş uçun olib çiqiş mumkin);
  • Epizootik nuqtalar joylaşgan hududda hosil qilingan xaşak, somon yoki boşqa ozuqa mahsulotlarini boşqa hududlarga olib çiqiş taqiqlanadi;
  • Jonivorlar yoki odamlarning töplanişi bilan boğliq tadbirlarni ötkaziş man etiladi.

Maʼlumot uçun, brutsellez – bu odamga zararlangan jonivorlar bilan muloqot orqali yuqadigan zoonoz infektsiya. Unga bakteriyalar (brutsellalar) sabab böladi. Infektsiya manbai asosan qişloq xöjaligi hayvonlari – katta va mayda şoxli mollar hisoblanadi. Şuningdek, brutsellezga otlar, tuyalar, çöçqalar va itlar ham çalinadi.


×