Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2020 yilning fevral oyida Rossiya Federatsiyasiga taşrif buyuradi. Bu haqda Taşqi işlar vaziri örinbosari Ilhom Neʼmatov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida maʼlum qilgan.
Qayd etilişiça, Prezidentning taşrifi 5 fevral kuniga möljallanmoqda.
“Biz bunga tayyorgarlik körmoqdamiz: Rossiya tomoni ham, Özbekiston tomoni ham tayyorlanmoqda. Şaxsan Prezident Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev Özbekiston va Rossiya örtasidagi munosabatlarni har tomonlama rivojlantiriş va mustahkamlaşga katta ahamiyat beradi.
Bizda aylanmaning misli körilmagan ösişi bor. Özbekiston va Rossiya Prezidentlar örtasidagi siyosiy muloqot mustahkamlanmoqda”, degan Ilhom Neʼmatov.
Eslatib ötamiz, Rossiya Federatsiyasi rahbari Vladimir Putin Şavkat Mirziyoyevni Ikkinçi Jahon uruşi yakunlanganining 75 yilligi munosabati bilan 2020 yil may oyida bölib ötadigan marosimga taklif etgan edi.
Qalampir.uz Tahririyati









