Prezident Şavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

Şavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 25−26 dekabr kunlari amaliy taşrif bilan Sankt-Peterburg şahrida böladi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbari Mustaqil davlatlar hamdöstligi davlat rahbarlarining norasmiy uçraşuvi va Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengaşining navbatdagi yiğilişida kuzatuvçi maqomida iştirok etadi.

Sammitlar kun tartibidan mazkur köp tomonlama birlaşmalar doirasidagi özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirişning dolzarb masalalari örin olgan.

Birgalikda qilingan işlarning asosiy yakunlari sarhisob qilinadi va kelgusi yilgi amaliy hamkorlikning ustuvor yönalişlari yuzasidan fikr almaşiladi, deyiladi xabarda.

×