Joriy yilning 28 dekabr kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga aʼzo davlatlar rahbarlarining norasmiy uçraşuvida iştirok etiş uçun Sankt-Peterburgga boradi. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taşabbusi bilan ötkazilayotgan norasmiy uçraşuvga MDHga aʼzo davlatlarning 8 tasining rahbari keladi. Bular Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev, Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov.
Şuningdek, Qozoğistonning Birinçi Prezidenti – Elboşi Nursulton Nazarboyev ham norasmiy uçraşuvda iştirok etadi. Biroq Moldova Prezidenti Mayya Sanduning taşrifi haqida maʼlumot yöq.









