Şavkat Mirziyoyev Angliyaga boradi

Şavkat Mirziyoyev Angliyaga boradi
Prezident Şavkat Mirziyoyevning Angliyaga taşrifi kutilyapti. 9 avgust kuni Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Britaniyaning Yevropa va Amerika mamlakatlari böyiça taşqi işlar davlat vaziri Kristofer Pinçer bilan telefonda taşrifni muhokama qilgan. Şuningdek, Komilov Pinçerni şu lavozimga tayinlangani bilan ham tabriklagan. Suhbatda tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilingan. Ular taʼlim sohasidagi hamkorlikka alohida eʼtibor berişgan. Bundan taşqari, ikki diplomat parlamentlararo aloqalarni mustahkamlaş va qonun çiqaruvçi organlar örtasida tajriba almaşiş amaliyotini davom ettiriş kerakligini aytişgan. Kristofer Pinçerning aytişiça, Buyuk Britaniya dekabrda Özbekistonda bölib ötadigan Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy kengaşlari saylovlarida öz vakillarini kuzatuvçi sifatida iştirok etiş uçun yuborişni rejalaştirgan.
×