«Özbektelekom»: 1 yanvardan narxlar 56 ming sömgaça pasaymoqda!

«Özbektelekom»: 1 yanvardan narxlar 56 ming sömgaça pasaymoqda!

24 dekabr kuni Özbekiston aloqa tarixi muzeyida «Özbektelekom» aktsiyadorlik kompaniyasi matbuot anjumani ötkazdi. Kompaniya 2019 yilda qilingan işlar va 2020 yil rejalari haqida jurnalistlarga maʼlumot berdi, deb yozadi «Xabar» naşri.

Maʼlumot berilişiça, 2019 yil davomida kompaniyaning Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan provayder va operatorlar uçun taşqi kanalga ulaniş tariflari narxi 1 Mbit/soniya uçun 85 ming sömdan 75 ming sömgaça (17 foizga) arzonlaştirilgandi. 2020 yilning 1 yanvaridan esa mazkur tarif 56 ming sömgaça (20 foizga) pasayişi kutilmoqda!

Özbekistonda 2019 yilda internet xizmatlariga tariflar örtaça 4 baravarga arzonlaşdi va simli internet tezligi butun Özbekiston foydalanuvçilari uçun deyarli 2 baravarga oşdi, deyiladi kompaniya bergan maʼlumotda.

«Özbektelekom» AK bugungi kunda aholi uçun eng yuqori — 100 Mbit/soniya tezlikdagi tarif rejasini taqdim etmoqda. Internet narxi esa 3,5 baravardan ziyodga kamaygan.

Diagramma: «Xabar»

Soliştiriş uçun: 2018 yilda kompaniyaning eng yuqori  tezlikdagi tarif rejasi 20 Mbit/soniyadan oşmagan.

×