Joriy yilning iyun oyi yakuniga köra, Toşkent şahrida 1 sotix yer maydoni narxi 334 mln sömni taşkil etdi. Bu ötgan yilgi körsatkiçlardan 2,5 foizga past. Şuningdek, uy-joy narxlarida ham pasayiş kuzatildi. Bu haqda Markaziy bankning köçmas mulk bozori böyiça tahliliy hisobotida keltirilgan.
Qayd etilişiça, Toşkentda ikkilamçi uy-joy bozorida 1 metr kvadrat uçun örtaça narx aprelda qayd etilgan 15,4 mln sömdan iyun yakunida 14,9 mln sömga tuşgan. Şuningdek, poytaxtda yer narxlari ham pasayayotganini köriş mumkin. Xususan, joriy yilning birinçi yarim yilligida 1 sotix yerning örtaça narxi 334 mln sömni taşkil etgan. Bu ötgan yilning şu davridagi 342 mln sömlik körsatkiçdan 2,5 foizga past.

Köçmas mulk bozorida faollik umumiy darajada saqlanib qolgan. Xususan, joriy yilning birinçi yarim yilligida respublika böyiça jami 177,5 mingta bitim tuzilgan. Bu ötgan yilga nisbatan 10,7 foiz köp. Tuzilgan bitimlardan 148,4 mingtasi töğridan töğri uy-joy oldi-sotdisi bilan boğliq bölib, bu körsatkiç ötgan yilga nisbatan 12,1 foizga ösgan.
Şuningdek, II çorakda ipoteka krediti ajratiş surʼati tezlaşib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 36 foizga ösgan. Birlamçi bozordagi uy-joylar uçun ajratilgan ipotekalar uluşi jami ipotekalarning 74 foizini taşkil etgan. Bu 2024 yilning mos davrida 57 foiz bölgan.
Birlamçi bozordagi narxlar respublika miqyosida yillik hisobda örtaça 2,6 foizga, ikkilamçi bozorda esa 2,5 foizga oşgan. Biroq Toşkent şahri va ayrim yirik hududlarda bu ösiş juda past yoki salbiy körinişda. Ijara segmentida Toşkentda narxlar yillik hisobda 6,1 foizga tuşgan.
Mavsumiy omillarni hisobga olgan holda quriliş materiallari taklifi barqaror bölib qolmoqda. Biroq sönggi oylarda turarjoy binolariga xizmat körsatiş va taʼmirlaş materiallari narxlarining ösişi biroz tezlaşgan. Yillik hisobda iyun oyida uşbu materiallar narxi 5 foizga oşgan.
Hisobotda qayd etilişiça, umuman olganda, joriy yilning II çoragida köçmas mulk bozorida bitimlar soni va ipoteka kreditlari hajmining ösişi natijasida yuqori faollik saqlanib qolgan. Taklif hajmining oşişi va xarid qiliş imkoniyatlarining kengayişi talabni qöllab-quvvatlab, bozor va narxlar dinamikasining muvozanatli rivojlanişini taʼminlamoqda.









