Banklarda dollar kursi 10 860 sömgaça kötarildi

Banklarda dollar kursi 10 860 sömgaça kötarildi

Özbekistondagi bir neçta tijorat banklarida 13 dekabr, duşanba kuni ertalab dollar kursi kötarildi.

Bir qator banklarda dollar oliş 10 760 - 10 800 sömdan, sotiş 10 860 sömdan taklif etilmoqda. Bu yangi maksimal körsatkiç.

Sönggi marta banklarda dollar kursi 10 dekabr kuni kötarilgandi. Öşanda 1 AQŞ dollarining sotiş kursi 10 850 sömni taşkil qilgan.

Ötgan hafta, 10 dekabr kuni Markaziy bank xorijiy valyutalarning sömga nisbatan yangi kurslarini eʼlon qildi. Uşbu almaşuv kurslari bugun, 13 dekabr kunidan kuçga kirdi.

Unga köra, bir dollar 10 807 söm 48 tiyinni taşkil qildi.

×