Bugun, 2 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulçambar qöyib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Prezidentning 2017 yil 25 yanvardagi qaroriga muvofiq, 2 sentyabr sanasi Birinçi Prezident Xotirasi kuni sifatida nişonlanadi. Özbekiston tarixini, Islom Karimov xizmatlarini eʼzozlaş odamlarga, yoşlarga maʼnaviyat yetkazadi.

Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma töqqiz yilligiga bağişlangan nutqida Islom Karimov boşçiligida qölga kiritilgan davlat mustaqilligi asriy orzuni amalda taʼminlagan olamşumul voqea ekanini taʼkidladi.
Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasida Qurʼon tilovat qilindi.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunçilik palatasi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatçiligi vakillari ham monument poyiga gullar qöydi.
Islom Karimovning Samarqand va Qarşi şaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qöyildi.















