Andijonda bir fuqaroning kallasi uzib taşlangani aytilmoqda

Andijonda bir fuqaroning kallasi uzib taşlangani aytilmoqda

Andijon tumanida vahşiy qotillik yuz bergan. Tuman gaz taʼminoti bölimi rahbari bir fuqaroning boşini uzib, kanalga oqizib yuborilgani iddao qilinmoqda.

Bu haqda 21 dekabr kuni "Feysbuk"da post yozib qoldirilgan. “Hududgaz Andijon” MÇJ uşbu holatni örganib çiqqan va qotillikni qisman tasdiqlagan. Faqat postda yozilganidek, öldirilgan odam bu idorada işlamasligi aytilgan, deydi "Zed news" telegram kanali,

Şuningdek, “Hududgaz Andijon” MÇJ postda keltirilgan “talon-tarojliklar”ni aniqlaş maqsadida viloyat Davlat soliq boşqarmasiga murojaat xati yuborgan.

"Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan maʼlumotlar asosida huquq-tartibot organlari tomonidan tergov-suriştiruv harakatlari hamda tekşiruvlar olib borilmoqda", deyiladi xabarda.

Alohida taʼkidlanişiça, gumondor rahbar hozirça qölga olinmagan va unga nisbatan heç qanday jinoiy iş qözğatilmagan.

×