Mass-media fondi va Milliy TV telekanali Ramazon oyi munosabati bilan «Ramazon diydor» loyihasini yölga qöydi.
Uşbu loyiha doirasida xayriya iftorlari ötkaziladi.
Ilk iftorni bugun 17B-sonli uy aholisi uçun ötkazdik.
Uşbu uyda yaşovçilar bilan bizni umumiy xotiralar va emotsiyalar boğlagani sababli, bu keçani ular bilan ötkazişga qaror qildim.
2019 yilga qadar uşbu uy «Özbekiston» naşriyotiga tegişli bölib, undagi kvartiralar öz xodimlari va ularning oilalari uçun ijaraga berilar edi.
2019 yilda esa biz AOKAda faoliyatimizni boşlagaç, uyni ularning tasarrufiga ötkaziş töğrisida qaror qabul qilindi. Natijada ularning ham qonuniy yaşaş joyi va kelajakka bölgan işonçi paydo böldi.
Samimiy muhitda ajoyib uçraşuv böldi. Birga iftorlik qildik, duoda böldik va turli mavzularda suhbat qurdik.

Saida Mirziyoyeva, Mass-media fondi Vasiylik kengaşi raisi örinbosari, Özbekiston Respublikasi Gender tengligini taʼminlaş böyiça komissiyasi aʼzosi









