Yozda “tonirovka” uçun arzonlaştirilgan narx joriy etilişi mumkin

Yozda “tonirovka” uçun arzonlaştirilgan narx joriy etilişi mumkin

Özbekistonda har yili 1 maydan 31 avgustgaça M1 (yengil avtomobillar) toifasiga kiruvçi avtotransport vositalari uçun orqa va old yon oyna şişalarini qoraytirişga yengilliklar berilişi mumkin. Bu haqda jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan “Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga avtotransport vositalaridan foydalanişda qöşimça qulayliklarga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi hujjat loyihasida söz boradi.

Içki işlar vazirligi tomonidan muhokamaga qöyilgan qonun loyihasiga köra, yengil avtomobillar toifasiga oid avtotransport vositalarining orqa va old yon oynalarining tusini özgartiriş (qoraytiriş) uçun har yili 1 maydan – 31 avgustgaça beriladigan ruxsatnomalar uçun yengilliklar bölişi közda tutilgan.

Buning uçun tölov miqdori quyidagiça etib belgilanmoqda:

  • Jismoniy va yuridik şaxslar uçun – BHMning 1 baravari miqdorida (412 000 söm);
  • Özbekistonda faoliyat körsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik şaxslari uçun – BHMning 5 baravari miqdorida (2 060 000 söm).

Bunda, qisqa muddatli ruxsatnoma uçun tölov ruxsatnoma rasmiylaştirilgan sanadan qatʼi nazar, töliq hajmda amalga oşiriladi.

Orqa va old yon oynalarining tusini özgartiriş (qoraytiriş) uçun 1 yilga beriladigan uzoq muddatli ruxsatnoma böyiça 

  • jismoniy va yuridik şaxslar uçun – BHMning 8 baravari miqdorini (3 mln 296 ming);
  • Özbekistonda faoliyat körsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik şaxslari uçun – BHMning 14 baravari miqdori (5 mln 768 ming söm)ni taşkil etadi.


×