Samsung Electronics (005930.KS) özining birinçi uç qavatli smartfoni — Galaxy Z TriFold’ni namoyiş etdi. Kompaniya bu yangi model orqali Xitoyda tobora kuçayib borayotgan raqobatçilariga qarşi bozordagi mavqeini yanada mustahkamlaşni maqsad qilgan. Bu haqda “Economictimes” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Galaxy Z TriFold taxminan 3,59 million von (2 440 dollar) narxda bölib, uç panel yordamida 253,1 mm (10 dyuym) ekran ölçamiga oçiladi. Bu Samsung’ning sönggi Galaxy Z Fold 7 modeli ekranidan qariyb 25% kattaroq.

Samsung Electronics’ning savdo va marketing bölimi rahbari Aleks Limga köra, yangi model keng omma uçun emas, balki aynan şunday formatni xohlaydigan maxsus mijozlarga möljallangan.
Janubiy Koreyada işlab çiqarilgan TriFold 12 dekabrda mamlakat içida sotuvga çiqadi. Yil oxirigaça Xitoy, Singapur, Tayvan va BAA bozoriga ham yetib boradi. AQŞda esa sotuvlar kelasi yilning birinçi çoragida boşlanişi kutilmoqda.

Qurilma Samsung’ning eng katta akkumulyatoriga ega bölib, 30 daqiqada 50 foizgaça quvvatlaydigan ultratez zaryadlaş funktsiyasini qöllab-quvvatlaydi. Lim xotira çiplari va boşqa komponentlar narxi keskin oşgani sabab narxni belgilaş “qiyin qaror” bölganini tan oldi.
Buklanadigan telefonlar bozoridagi raqobat kuçaymoqda. Huawei ötgan yil sentyabrda sanoatdagi birinçi uç tomonlama buklanadigan telefonni sotuvga çiqargan. Apple esa özining ilk buklanadigan iPhone modelini kelasi yili taqdim etişi kutilmoqda.
Şunga qaramay, tahlilçilar yuqori narxlar va ommaviy işlab çiqarişdagi çeklovlar bozor ösişini sekinlaştirişi mumkinligini aytmoqda.

Counterpoint Research maʼlumotlariga köra, buklanadigan telefonlar joriy yilda umumiy smartfon bozorining 2 foizdan kamroğini, 2027 yilga kelib esa 3 foizdan ham kam qismini taşkil etadi.
Samsung’ning buklanadigan telefonlar bozoridagi uluşi uçinçi çorakda 64 foizga oşgan. Bu körsatkiç mahsulot sotuvga çiqiş davriga qarab sezilarli özgarib turişini bildiradi.









