Hozirda Namangan viloyatida yuz yoşdan oşgan 46 nafar nuroniy istiqomat qilmoqda. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Mingbuloq tumanining «Guliston» mahallasida Hadyaxon aya Hoşimova istiqomat qiladi. Onaxon 116 yoşda. U saylov beriş jarayonlarida eng yoşi uluğ saylovçi sifatida iştirok etdi.
Jurnalist Sanjarbek Hamidovning maʼlum qilişiça, qişloq markazidagi 34-umumtaʼlim maktabida joylaşgan 226-saylov uçastkasi aʼzolari «Guliston» mahalla fuqarolar yiğini «Döstlik» köçasidagi 47-uyda istiqomat qiluvçi Hadyaxon ona Hoşimovaning huzuriga bordi. Momo ovoz berib, saylov byulletenlarini köçma saylov qutisiga taşladi, yurtdagi tinçlik, tökinlikka şukronalik bildirib, duo qildi.
Hadyaxon ayaning kelini Sobiraxonning aytişiça, bu galgi saylovlarda momoning Umidjon, Nuriddin, Osiyo, Iroda, Aziza, Aqida, Xadiça kabi 72 nafardan ortiq farzand, nabira, çevara va evaralari ham faol qatnaşdi. Ulardan 7 nafari saylovda ilk bor ovoz bergan.
Şuningdek, bugungi saylovlarda Mingbuloq tumani, «Bozorboşi» mahallasida yaşovçi 110 yoşli Hafiza Mullaboyeva, «Örta qişloq»da istiqomat qiluvçi 105 yoşli Ibodat Toştemirova, «Qirq çek» mahallasilik 101 yoşli Tojixon Turdaliyeva ham ovoz berdi.









