Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar kengaşlariga saylovlarni bölib ötgan, deb hisoblaş mumkin.
«Saylov kodeksiga muvofiq, agar saylovçilar röyxatiga kiritilgan fuqarolarning 33 foizi ovoz berişda iştirok etgan bölsa, saylov ötgan hisoblanadi.
Buni joylardan hozirgaça [soat 13:00ga qadar] olingan quyidagi maʼlumotlar ham tasdiqlaydi. Hozirga qadar saylovçilarning 7 million 971 ming 252 nafari yoki 42,4 foizi ovoz berdi.

Demak joriy saylovlar ötgan deb hisoblanadi va bu bilan barça saylov jarayoni iştirokçilarini, xalqimizni tabriklayman», dedi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati rahbari Xudoyor Mamatov.










