Saylovda ovoz bermaganlar jarimaga tortilişi mumkin

Saylovda ovoz bermaganlar jarimaga tortilişi mumkin

Qirğizistonda Prezident va deputatlar saylovida ovoz berişda qatnaşmaganlik uçun jarima solinişi mumkin. Tegişli qonun loyihasi Jöqorğu Keneş saytiga muhokamaga qöyilgan.

Qayd etilişiça, agar bu loyiha qabul qilinsa “Qirğiziston Respublikasi Prezidenti va parlament deputatlari saylovi töğrisida”gi qonunga bir neça özgartirişlar kiritiladi.

Özgartirişlarga köra, Qirğiziston Respublikasi Prezidenti va Jöqorğu Keneş deputatlari saylovlarida ovoz berişdan boş tortgani uçun har qanday qirğizistonlik 50 hisoblangan körsatkiç – 5 ming som miqdorida jarimaga tortilişi mumkin.

Faqat uzrli sabablarga köra ovoz berişni ötkazib yuborganlar uçun istisno qilinadi. Bunday sabablarning mezonlari qonun loyihasida körsatilmagan.

Hujjatda keltirilişiça, köplab Yevropa davlatlari, Avstraliya, Braziliya, Turkiyada uzrli sabablarsiz saylovga kelmagan fuqarolarni javobgarlikka tortiş amaliyoti mavjud. Şuningdek, mazkur çora saylovda yetarliça faollikni taʼminlaşi qayd etilgan.


×