Toşkent yaqinida ulkan yer köçkisi sodir böldi

Toşkent yaqinida ulkan yer köçkisi sodir böldi

Angren kömir konida hajmi 25 million metr kub bölgan yer köçkisi sodir böldi.

TOŞKENT, 10 iyul . Toşkent viloyatida joylaşgan Angren kömir konida hajmi 25 million metr kub bölgan yer köçkisi sodir böldi, deb xabar  qilmoqda Özbekiston Temir yöllari.

“8 iyul kuni soat 15:30 da Angren kömir konining şimoliy tomonida hajmi 25 million metr kub bölgan yer köçkisi sodir böldi”, - deyilgan xabarda.

Köçkisi sodir bölişining asosiy sababi – aprel oyida yoğingarçilik miqdori bir neça yillik normadan ortiq bölişi tufayli, yer osti suvlarining darajasi kötarilib ketgan. Natijada yer osti suv bosimi ortib, qirğoqni uşlab turgan qum-tuproq yerlar yuvilib ketgan va qirğoq qulab tuşgan – deyilgan ÖTY xabarida.

Xabarda şuningdek, uşbu yer köçkisi muhandislik kommunikatsiyalariga, avtomobil yöllari, temiryöl va Angren kömir koniga xavf tuğdirmayotganini qayd etilgan.

×