Toşkent şahar Yaşnobod tumanida röy bergan YTH haqida poytaxt IIBB axborot xizmati maʼlumot berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 8 oktabr kuni soat taxminan 07:00 larda Yaşnobod tumani, Uysozlar 1-tor köçalari kesişgan çorrahasida, haydovçi 1987 yilda tuğilgan M. Qodir boşqaruvidagi «Mersedes Bens» rusumli davlat raqami 01 155 WBA bölgan yölovçi taşuvçi avtobusida harakat davomida boşqaruvni yöqotib uşbu çorraxadagi svetofor va yöl yoqasidagi uyga borib urilib töxtagan.
Xabarga köra, uşbu töqnaşuv natijasida tan jarohati olganlar yöq. Şuningdek, avtobusda faqat haydovçining özi bölgani aytilgan.
Hozirda holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilayotgani maʼlum qilingan xabarda.
Avvalroq, Toşkent şahri Şayxontohur tumanida tez tibbiy yordam avtomobili iştirokida YTH sodir bölgani haqida maʼlumot bergan edik.









