Unga köra, mart oyida «Amirsoy» toğ-çanği kurorti hududida köp miqdorda qor va yoğingarçilik kuzatilib, namgarçilik meʼyoridan ortişi sababli hududdagi grunt va toğ jinslarida geologik siljiş sodir bölgan.
Hududda xavfli geologik jarayonlar faollaşişining real xavfi tuğilib, köçki yoriqlarida 6 mart kunidan sutkasiga 10−20 smgaça suriliş, 1,0 metrgaça çökişlar davom etmoqda.
«Mazkur holat hozirda turli internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda notöğri talqin etilayotganligi kuzatilmoqda. Toğ va toğ oldi hududlarida bu kabi jarayonlar muntazam ravişda sodir bölib turadi. Toğ jinslarining siljişi, kuçli sel kelişi natijasida yöllarning vaqtinça bir neça kunlab yopilib qoliş holatlari kuzatiladi», — deyiladi xabarda.









