YouTube’dan eng köp pul daromad olgan vlogerlar reytingi eʼlon qilindi

YouTube’dan eng köp pul daromad olgan vlogerlar reytingi eʼlon qilindi

YouTube’dagi 22.9 million obunaçisi bölgan, yangi çiqqan öyinçoqlarni revyu qiladigan “Ryan’s World” kanali muallifi 8 yoşli Ryan Kaji 2019 yilda öz kanalidan $26 million işlab topdi va 2019 yilda YouTube’dan eng köp daromad olgan blogerga aylandi, deb xabar bermoqda CNN.

Forbes naşri hisob-kitoblariga köra, 2018 yil 1 iyunidan joriy yilning şu vaqtiga qadar eng köp pul işlab topgan top-10 YouTuber’lar jami $162 million pul işlaşgan (faqatgina YouTube’ning özidan).

Rossiyalik beş yoşli qizaloq, Anastasiya Radzinskaya $18 million bilan uçinçi öringa loyiq körildi. Anastasiya Rossiyaning janubida tuğilgan va uning videolari otasi tomonidan xostingga joylab boriladi. Uning 7 ta kanalida jami 107 million obunaçilar bor va uning videolari 42 milliard marta körilgan.

Mavzuga doir: 5 yoşli qizaloq Youtube’da oyiga qanday qilib 500000$ topmoqda?

YouTube kelasi yildan boşlab bolalar kontentida şaxsiylaştirilgan reklamalar töxtalişini maʼlum qilgan. Videoxosting bolalarga möljallangan reklamalar töğrisidagi qonunni buzganlikda ayblangani va buning ortidan $170 million tölaganidan keyin bu qarorga kelgan.

2019 yilda eng köp daromad qilgan YouTuber’lar:

  1. Ryan Kaji, $26 million
  2. Dude Perfect, $20 million
  3. Anastasiya Radzinskaya, $18 million
  4. Rhett and Link, $17.5 million
  5. Jeffree Star, $17 million
  6. Preston, $14 million
  7. PewDiePie(Felix Kjellberg), $13 million
  8. Markiplier (Mark Fischbach), $13 million
  9. DanTDM (Daniel Middleton), $12 million
  10. VanossGaming (Evan Fong), $11.5 million.
×