Dunyodagi eng samarador boşqaruvçilar reytingi eʼlon qilindi

Dunyodagi eng samarador boşqaruvçilar reytingi eʼlon qilindi

NVIDIA kompaniyasi hammuassisi va boş direktori, 56 yoşli Jensen Xuan Amerikaning Harvard Business Review jurnali tuzgan dunyoning eng samarador boşqaruvçilari reytingida birinçi örinni egalladi.

Ötgan yilgi reytingda Xuan ikkinç örinda, undan oldingisida esa uçinçilikda edi. Qayd etilişiça, 2015-2018 yillar orasida NVIDIA kompaniyasining aktsiyalari bahosi 14 baravar ösgan, kompaniyaning kapitalizatsiyasi hozirga kelib 100 milliard dollardan oşgan.

Joriy reytingda ikkinçi örin Mark Benioffga berildi, u Salesforce kompaniyasining hammuassisi va boş direktori hisoblanadi.

Kering guruhi (Gucci, Brioni, Balenciaga, Ulysse Nardin brendlari egasi) direktorlar kengaşi raisi va boş direktori Fransua-Anri Pino esa uçinçi örinni band etdi.

Reytingning ilk beştaligida Texas Instruments boş direktori Riçard Templton va Iberdrola kompaniyasi rahbari Ignasio Galan ham bor.

Reytingga jami 100 nafar boşqaruvçi kiritilgan.

×