Eng taʼsiri kuçli yahudiylar reytingi eʼlon qilindi

Eng taʼsiri kuçli yahudiylar reytingi eʼlon qilindi

Joriy yil uçun dunyoning eng taʼsiri kuçli 50 yahudiysi kiritilgan reyting eʼlon qilindi. Bu haqda “The Jerusalem Post” xabar berdi.

Qayd etilişiça, “50 Most Influential Jews” deb nomlangan röyxatga siyosat, biznes, texnologiya, harbiy soha, OAV va boşqa yönalişlarda katta taʼsirga ega bölgan şaxslar kiritilgan.

Röyxatning birinçi örnidan Jared Kuşner va Ivanka Tramp joy olgan. Naşr ularni garovga olinganlarni uyiga qaytariş borasidagi faoliyati bilan ajratib körsatgan.



Ikkinçi örinni Isroil Boş vaziri Binyaamin Netanyaxu egallagan. Naşr uning Isroil siyosati va mamlakat kelajagiga katta taʼsir körsatayotganini qayd etgan.

Uçinçi poğonaga Isroilning sobiq harbiy rahbari va siyosatçisi Gadi Eisenkot joylaştirilgan. Naşr uni Isroilning ehtimoliy bölajak boş vazirlaridan biri sifatida körsatgan.

Röyxatdagi taniqli şaxslar qatorida Meta asosçisi Mark Tsuckerberg va OpenAI rahbari Sam Altman ham bor. Ular 9-örinni birgalikda egallagan. Naşr ularni sunʼiy intellekt rivojiga va jamiyat kelajagiga taʼsir körsatayotgan texnologiya yetakçilari sifatida taʼriflagan.

Google hammuassisi Sergey Brin 18-öringa, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa 21-öringa joylaştirilgan. Naşr Zelenskiyni Rossiya bosqinidan keyin Ukrainadagi qarşilik ramziga aylangan siyosatçi sifatida taʼriflagan.

Şuningdek, reytingdan Oracle asosçisi Larri Ellison, BlackRock rahbari Larri Fink, milliarder investor Bill Ackman va Meksika Prezidenti Klaudiya Şeynbaum kabi taniqli şaxslar ham örin olgan.


×