Migrant-taksiçilar Rossiya haydovçilik guvohnomasini olişi majburiy böladi

Migrant-taksiçilar Rossiya haydovçilik guvohnomasini olişi majburiy böladi

Bir guruh senatorlar va deputatlar Davlat Dumasiga taksi yölovçilarining xavfsizligini oşiruvçi qonun loyihasini kiritişdi. Bu haqda “Yedinaya Rossiya" partiyasi matbuot xizmatiga iqtibosan Sputnik xabar berdi.

Qonun loyihasida taksi haydovçilariga Rossiya haydovçilik guvohnomalariga ega böliş talabi kiritilgan. Agar hujjat maʼqullansa, xorijiy fuqarolar öz haydovçilik malakalarini Rossiya davlat organlarida tasdiqlaşlari kerak böladi.

Şu bilan birga, Rossiya haydovçilik guvohnomasiga ötiş uçun uç yil muddatga keçiktiriş nazarda tutilgan.

Bundan taşqari, qonunda özini özi band qilgan fuqarolar taksi xizmatlarini körsatiş huquqiga ega bölişi belgilab qöyilgan. Şuningdek, qonun loyihasida agregatorlarni taksida işlaşga ruxsat berilmagan haydovçilari buyurtmalarni olişi uçun moliyaviy javobgarlik belgilaş közda tutilgan.

Tizimda röyxatdan ötiş paytida haydovçilarni tekşiriş tartibini osonlaştiriş uçun qonunda taksilar uçun ruxsatnomalarning mintaqaviy reyestrlarini yaratiş taklif qilingan, unga har bir agregator ulanişi kerak böladi.

Avvalroq Xabarovskda OMONçilar 80 ga yaqin migrant-haydovçilarni uşlab, bir neça soat davomida kaltaklagani xabar qilingan edi.

×