Namangan tumani aholisi davlat xizmatlarini öz içiga eng yaxşi söngi texnologik yeçimlar va anʼanalarni mujassam etgan Markazda oliş imkoniga ega böldi. Bu yerda zamonaviy Davlat xizmatlari markazi foydalanişga topşirildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
1 200 kvadrat metr maydonli binoda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Boş vazir qabulxonasi, hududiy adliya bölimi hamda Namangan tumani Davlat xizmatlari markazi joylaşgan.
Markaz xodimlari tuman aholisiga tezkorlik, qulaylik va şaffoflik tamoyillariga asoslangan 80 dan ortiq davlat xizmatlarini körsatişdan hamişa mamnun.

DXM özidayoq FHDYO va Notariat organlari xizmatlarini va fuqarolik pasportini oliş, haydovçilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almaştiriş imkoni mavjud. Öz biznesini boşlamoqçi bölgan investorlar uçun esa alohida darçalar har doim huquqiy yordam berişga va zarur xizmatlari körsatişga tayyor.
Zal böylab örnatilgan belgilar davlat xizmatini olişingiz uçun qadamma-qadam yönaltiradi. Elektron navbat oliş uçun infokiosk işlab turibdi. Talonni olib kutiş zalidagi şinam örindiqlarga joylaşişingiz mumkin. Monitorlar orqali esa navbatingiz kelgani haqida xabardor qilib, qaysi qabul oynasiga ötiş kerakligi körsatiladi.
Yanada qulaylik yaratiş maqsadida bu yerda bolalar öyingohi, ona va bola hamda tibbiyot xonalari, kutubxona hamda kafe işlab turibdi. Taşrif buyuruvçilar bepul WiFi dan foydalaniş imkoniga ega.

Imkoniyatlari çeklangan şaxslar uçun tegişli aravaça va pandus örnatilgan.









