2024 yilning 1 yanvar sanasidan eski namunadagi haydovçilik guvohnomalari bekor qilindi. Qanday qilib eski namunadagi guvohnomani yangisiga almaştiriş va bunga köp vaqt ketkazmaslik mumkinligini maqolamizda öqing.
Guvohnomani vaqtida almaştirmagan haydovçilar Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 135-moddasi – Yöl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlarga ega bölmagan şaxs tomonidan transport vositasining boşqarilişi böyiça javobgarlikka tortiladi.
Haydovçilik guvohnomasini qanday qilib almaştiriş mumkin?
Birinçi usul: onlayn tarzda
Haydovçilik guvohnomasini onlayn tarzda almaştiriş uçun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida röyxatdan ötiş yoki şaxsiy akkauntga kiriş lozim. Kiriş ID-karta yordamida Yagona identifikatsiya tizimi orqali amalga oşiriladi.
Xizmatdan foydalanişda ID-karta yoki biometrik pasportdagi rasmni tanlaş, Davlat xizmatlari agentligi yoki hududiy YHXXning tegişli bölimida yangilaş taklif qilinadi.
Keyin qurilmangiz yordamida yangi guvohnomani imzolaysiz va tölov amalga oşirasiz. Yangi guvohnomani mustaqil ravişda istalgan tumandagi Davlat xizmatlari agentligidan olib ketiş mumkin.
Xizmat narxi – 0,7 BHM (hozirda 238 000 söm).
Haydovçilik guvohnomasini poçta xizmati bilan yetkazib beriş narxi – 25 000 söm.
Yangi guvohnomani oliş muddati:
- DXAdan olib ketiladigan bölsa, ariza maʼqullanganidan keyin bir iş kuni;
- kurer orqali yetkazib beriş esa ikki iş kuni.
Qanday hujjatlar talab qilinadi?
Yangi haydovçilik guvohnomasini oliş uçun arizaçi ID-karta yoki biometrik pasportni taqdim etişi lozim. Eski haydovçilik guvohnomasi va talonni Davlat xizmatlari agentligi xodimi yoki poçta kureriga beriş kerak.
Tölov kvitantsiyasini guvohnomani oladigan vaqtgaça saqlab qöyiş yoki skrinşot qilib oliş tavsiya qilinadi.
Ikkinçi usul: oflayn tarzda
Yöl harakati xavfsizligi xizmati bölimi yoki Davlat xizmatlari agentligiga murojaat qiliş lozim.
Kerakli hujjatlar: ID-karta yoki biometrik pasport, eski guvohnoma va talon.
Agar guvohnomani uşbu usulda almaştirsangiz, 238 000 söm miqdoridagi tölovni naqd körinişda amalga oşirişingiz mumkin.
Namangan viloyati IIB YHXB Namangan viloyati, Namangan şahri, I.A.Karimova köçasi, 33-uy.
Telefon:
+998(69)234-10-04
+998(69)234-10-12
Hududingizdagi YHXB bölimlarining telefon raqamlari va manzillarining töliq röyxatini bu yerda topişingiz mumkin.
Davlat xizmatlari agentliklarining röyxati esa bu yerda.









