Eronning Isroilga yetkazgan zarari oçiqlandi

Eronning Isroilga yetkazgan zarari oçiqlandi

Eron bilan bölgan qurolli töqnaşuv davomida Isroilga yetkazilgan moddiy zarar 10 milliard şekelga (taxminan 3 milliard dollarga) teng. Bu haqda Isroil Moliya vazirligi va soliq xizmati bergan maʼlumotlarga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.

Qayd etilişiça, uşbu raqamlar faqatgina raketalar bilan zararlangan binolarni tiklaş va mahalliy biznesga tovon tölaş xarajatlarini qamrab oladi. Işlatilgan qurollar va havo mudofaa tizimlarining örnini bosiş xarajatlari esa bu hisob-kitobga kiritilmagan.

Isroil Soliq boşqarmasi rahbari Şay Aaronoviçning sözlariga köra, bu mamlakat tarixidagi eng yirik moddiy talafotdir. Moliya vaziri esa uruşning umumiy xarajatlari 12 milliard dollarga yetişi mumkinligini aytgan. Isroil Markaziy banki rahbari Amir Yaron esa bu raqamni ança past, taxminan 6 milliard dollarga baholagan.

Maʼlum qilinişiça, yangi uruş oqibatida iqtisodiy qiyinçiliklar yanada kuçaymoqda. Markaziy bank ilgari 2025 yil uçun YAIM ösişini 3,5 foiz deb prognoz qilgan bölsa-da, bu raqam qayta körib çiqilişi mumkin.

Eron bilan bölgan uruş avvalgi harbiy töqnaşuvlarga qaraganda ança qimmatga tuşgan. Sababi bu safar raketa hujumlari asosan markaziy Isroildagi ziç aholi yaşaydigan şaharlarga, jumladan Tel-Aviv aglomeratsiyasiga qaratilgan bölib, u yerda mamlakat aholisi yarmidan köpi istiqomat qiladi.

Şuningdek, Eron tomonidan işlatilgan raketalarning aksariyati kamida 500 kilogrammlik jangovar kallaklarga ega bölib, öq uzilganda parçalanadigan öq-dorilarni öz içiga olgan. Isroil razvedkasi hisobiga köra, mojaro boşlanişidan oldin Eronda şunday 2000–2500 ta raketa bor edi va ulardan taxminan yarmi saqlanib qolgan.

Isroil va Eron örtasidagi uruş

13 iyun kuni Isroil Eron hududiga dron va raketalar orqali hujum boşladi. Bu havo hujumlari deyarli ikki hafta davom etdi va faqatgina 24 iyun kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp tomonidan eʼlon qilingan öt oçişni töxtatiş qaroridan söng yakunlandi.

Isroil rasmiysi bergan maʼlumotlarga köra, hujumlar oqibatida 28 kişi halok bölgan, 1300 dan ortiq kişi tan jarohati olgan. Eron esa 627 nafar fuqarosi halok bölganini bildirgan.


Teglar:
×