Erdöğan xalqini sabr-toqat qilişga çaqirdi

Erdöğan xalqini sabr-toqat qilişga çaqirdi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan uning hukumati iqtisodning asosiy muammosi – inflyatsiyani yeçişga harakat qilayotganini aytdi. Vazirlar Mahkamasi majlisi yakunlari böyiça xalqqa murojaat qilar ekan, u respublika iqtisodiyotida ijobiy tendentsiyalar kuzatilayotganini taʼkidlab, fuqarolarni sabr-toqatga çaqirdi. 

“Fuqarolarimizning kun tartibidan inflyatsiya masalasini olib taşlaymiz, hammasiga biroz sabr qiliş kerak, biz ham fuqarolarimizdan öz harakatlarimizni qöllab-quvvatlaşini kutamiz. Iqtisodiyotdagi ijobiy özgarişlardan biri, bu 11 avgust holatiga köra markaziy bankning valyuta zaxiralari 116 milliard dollarga yetgani. Xorijiy investorlar iqtisodiyotimizdagi ijobiy özgarişlarni yaqindan kuzatib bormoqda”, deydi Erdöğan.

U iyul oyida Fors körfazi mamlakatlariga amalga oşirgan safari çoğida 50 milliard dollarlik şartnomalar tuzgani bilan Turkiyaga xorijda işonç kuçayganini qöşimça qildi.

Turkiya Prezidenti, bundan taşqari, respublika fuqarolarini yozning quruq kelişi va ayrim hududlarda qurğoqçilik bölişi mumkinligi munosabati bilan suvni tejaşga çaqirdi. 

“Men sizni qişloq xöjaligi, sanoat va şaxsiy maqsadlarda suvdan foydalanişga tejamkor munosabatda bölişga çaqiraman”, deydi Erdöğan.

Turk lirasi oxirgi oylarda dollarga nisbatan rekord darajada qadrsizlanişda davom etmoqda. Ayni vaqtda bir AQŞ dollari 27,2 turk lirasini taşkil qilmoqda. Joriy yilning 18 iyul kuni uşbu miqdor 26,95 bölgan edi. 


×