Özini Prezident apparatidan deb taniştirgan xodim daryo.uz naşri muxbiriga bosim ötkazişga urindi va jurnalistik materialini öçirib taşlaşni talab qildi.
«Daryo» internet naşrining Samarqand viloyatidagi muxbiri Farhod Norbötayevga qönğiroq qilgan Nişonboy Abduvoitov özini «Prezident apparati xodimi», deb taniştirgan va muxbirdan tayyorlagan materialini saytdan öçirib taşlaşini talab qilgan.
Vaziyatga aniqlik kiritiş maqsadida taʼkidlaş lozimki, «Daryo»da Farhod Norbötayev muallifligida Samarqandda qiziga tegajoğlik qilgan şaxsni urib öldirgan ota 17 yilga qamalgani xususida xabar berilgandi.
Muxbir bilan telefon orqali muloqot qilgan Nişonboy Abduvoitov muxbirdan tayyorlagan xabaridagi maʼlumotni qayerdan olganini söraydi. Maʼlumot sud tomonidan taqdim etilganligini eşitgaç, «Nega sud beradi, sababi bormi?» — deya savol beradi. Hamda maʼlumot yolğon ekanligini, xabarni tezda öçirişi lozimligini buyuradi.
2007 yil 15 yanvar kuni qabul qilingan «Ommaviy axborot vositalari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonunning 7-moddasida tsenzuraga yöl qöyilmasligi haqida söz yuritiladi. Unda şunday deyiladi: «Özbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini tsenzura qilişga yöl qöyilmaydi. Eʼlon qilinayotgan xabarlar va materiallar oldindan kelişib olinişini, şuningdek, ularning matni özgartirilişini yoki butunlay naşrdan olib qolinişini (efirga berilmasligini) talab qilişga heç kimning haqi yöq».
Özini Prezident apparati xodimi deya taniştirgan Nişonboy Abduvoitov sud çiqargan hukm adolatli ekanligiga ham işonmagan.
— Sud vaziyatni oçolmagan-ku, — deydi Nişonboy Abduvoitov.
Xabarni öçirib taşlaşni talab qilgan xodim axborot manbai bilan ham qiziqqan va muxbirdan maʼlumotni taqdim etgan odam kimligini aytişini söragan. Holbuki yuqorida tilga olingan qonuning 33-moddasida «Axborot manbaini oşkor etmaslik» haqida söz boradi. Jumladan: «Tahririyat öz nomini oşkor etmaslik şarti bilan berilgan axborot, maʼlumotlar, faktlar yoki dalillar manbaining nomini, şuningdek, taxallusini qöygan muallifning nomini ularning yozma roziligisiz oşkor etişga haqli emas».
Sayt hududiy bölimi muharriri vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Nişonboy Abduvoitov bilan muloqot qildi. Haqiqatan ham özini Prezident apparati xodimi deya taniştirgan Abduvoitov aynan kim bölib işlaşi haqidagi savolga «Internet saytlari böyiça işlayman» deya javob berdi. Muxbirdan xabarni öçirib taşlaşini talab qilganini tan oldi.
Nişonboy Abduvoitov bilan suhbatdan anglaşilişiça, qotil otaning qiziga tegajoğlik qilgan marhum Abduvoitovning qarindoşi.
Nişonboy Abduvoitov suhbat söngida sayt sud tomonidan taqdim etilgan maʼlumotni olib çiqişini töğri tuşunişini, bunga eʼtirozi yöqligini bildirar ekan, yana bir bor xabarni öçirib taşlaşni söradi, deyiladi daryo.uz xabarida.









