2020 yilning iyul oyida Buxoro viloyatida özlarini Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining vakillari va “Yurt salohiyati” gazetasi muxbirlari deb taniştirgan şaxslar qölga olingani xabar berilgan edi. Andijon viloyatida ham xuddi şunga öxşaş voqea yuz bergan, deya xabar bermoqda AOKA axborot xizmati.
Maʼlum bölişiça, Andijon şahridagi maktabgaça taʼlim bölimiga qaraşli 6-, 33-, 47-, va 61-sonli maktabgaça taʼlim muassasalarida özlarini “Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xodimlari” deb taniştirgan fuqarolar — A.A. va M.A. muayyan muammolarni aniqlab, muassasalar rahbarlaridan pul talab qilişgan.
Xususan, ular Andijon şahridagi 3ta maktabgaça taʼlim muassasasini tekşirib, ularning faoliyatida turli kamçiliklar aniqlab, muassasa rahbarlaridan jami 1 000 000 (bir million) söm miqdorida pul mablağini noqonuniy tarzda talab qilib olgan. Ularning xatti-harakatlaridan norozi bölgan Andijon şahridagi maktabgaça taʼlim bölimiga qaraşli muassasalardan birining rahbari mazkur holat yuzasidan viloyat içki işlar boşqarmasiga murojaat qilgan.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida 2021 yilning 19 yanvar kuni A.A. va M.A. Andijon viloyatining Marhamat tumanida joylaşgan 28-sonli MTM faoliyati böyiça material tayyorlaş maqsadida muassasa rahbaridan 200 000 (ikki yuz ming) söm miqdorida pul mablaği olayotgan vaqtida tuman içki işlar bölimi masʼul xodimlari tomonidan qölga olindi. Ularga tegişli qalbaki guvohnomalar aşyoviy dalil sifatida olib qöyildi.
Tekşiriş davomida uşbu şaxslar “Xalq irodasi” jurnali tahririyati tomonidan berilgan guvohnomalarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi nomi yozilgan hamda davlat ramzi (gerbi) qöyilgan guvohnomalardan foydalanib boğçalar faoliyatini tekşirib yurganligi maʼlum böldi. Ular “Xalq irodasi” jurnali tahririyatida jamoatçilik şartnomasi asosida işlab kelgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati Marhamat tumani IIB tomonidan tergovga qadar suriştiruv işlar olib borilmoqda.
Agentlik bu kabi holatlar takror sodir etilgani bois barça yurtdoşlarimizni huşyor va ogoh bölişga çorlaydi, barça tahririyatlarga esa bu kabi holatlar yuz berişining oldini oliş çoralarini körişni söraydi. Şunga öxşaş holatlar yuz berganda Agentlikning Işonç telefoni 71-244-23-34 raqamiga qönğiroq qiling. Zero, hujjatlarni qalbakilaştiriş — oğir jinoyat. Jinoyatga esa jazo muqarrar.









