Buxoroda öquvçilar hojatxonada dars ötgani tasdiqlandi

Buxoroda öquvçilar hojatxonada dars ötgani tasdiqlandi

Kogon şahridagi 9-maktab hojatxonasida öquvçilar uçun dars ötilayotgani haqidagi xabar viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi tomonidan tasdiqlangan.

XTB xabariga köra, bundan bir oyça avval hojatxonalardan biri öquvçilar bilan alohida, sinfdan taşqari maşğulotlarda foydalaniş uçun rekonstruktsiya qilingan. 13 dekabr kuni bu xonada 9-sinf öquvçilaridan özbek tili öqituvçisi rahbarligida özbek tilidan nazorat işi olingan.

Tarqalgan boşqa suratlardagi hojatxona va yuviniş xonalaridan yillar davomida foydalanilmagan va yopib qöyilgan.

Maktab 1986 yilda qurilgan bölib, 2013 yilda kapital taʼmirdan çiqarilgan. 3 qavatli binoda har bir qavatida hojatxona loyihalaştirilgan bölsa-da, barça qavatlarda hojatxona yöq.

Maktab hojatxonasi 1-qavatda joylaşgan va hamişa şu hojatxonadan foydalanib kelinadi.

×