
6 may kuni Qöqondagi 8-maktabning rözador öquvçilari darsdan keyin maktab direktori tomonidan oftobda yugurtirilgan. Bu haqdagi maʼlumotni Özbekiston Boş prokuraturasi matbuot xizmati Kun.uz`ga tasdiqladi.
Maʼlum qilinişiça, ramazonning ilk kunida röy bergan holat öz tasdiğini topgaç, maktab direktori Feruza Jabbarova jarimaga tortilgan.
Jabbarova tergovga qadar tekşiriş davomida boşlanğiç sinf öquvçilarini sport maydonçasida yugurtirganini tan olmagan, ammo öquvçilar va ularning ota-onalari bergan körsatmalar buning aksini tasdiqlagan.
«Öziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmasdan, qonun buzilişi holatiga yöl qöyganligi uçun maktab direktori F.Jabbarovaga nisbatan intizomiy javobgarlik töğrisida iş qözğatilib, Farğona viloyat Xalq taʼlimi boşqarmasi boşliğining 22.05.2019 yildagi 21j-sonli buyruği bilan örtaça oylik iş haqining öttiz foizi miqdorida “Jarima” intizomiy jazo çorasi qöllanilgan», – deyiladi rasmiy bildirişda.
Qöşimça qilinişiça, uşbu holatda direktorning harakatlarida jinoyat alomatlari bölmaganligi sababli, 21.05.2019 yilda Qöqon şahar prokuraturasi tomonidan jinoyat işi qözğatişni rad etiş haqida qaror qabul qilingan.
Taʼkidlaş joiz, Farğona viloyati prokuraturasi va Qöqon şahar xalq taʼlimi bölimi 8 may kuni öz suriştiruvlari natijasini Kun.uz`ga maʼlum qilgan, örganişlar natijasida rözador öquvçilarning yugurtirilgani haqidagi maʼlumot asossiz deb topilganini bildirgan edi.
Xususan, maktab direktori Feruza Jabbarova ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan maʼlumotlar notöğriligini iddao qilgan va göyoki «tuşlik vaqtida darslari tugab uyga qaytayotgan boşlanğiç sinf öquvçilariga özlarini ehtiyot qilib yurişlari va vitaminlarga boy ovqatlarni isteʼmol qilişlari kerakligini aytgani, biroq ularga heç qanday tazyiq ötkazmagani»ni aytgan edi.
«Maktab öqituvçilari ham öz tuşuntirişlarida maktab hududida bunday salbiy holat umuman bölmaganini bayon qilişgan.
Şuningdek, holat yuzasidan boşlanğiç sinf öquvçilari bilan pedagog-psixologlar iştirokida suhbatlaşilganda, röza tutgan bolalarni heç kim maktab hovlisida yugurtirmaganini bildirişgan», – deyilgan edi viloyat prokuraturasi xabarida.
Öz navbatida, Qöqon şahar xalq taʼlimi bölimi ham: «Xizmat suriştiruvi davomida şular maʼlum böldiki, mazkur maktabda öquvçilar röza tutişlari uçun heç qanday tazyiq ötkazilmagan», – deb raddiya bergandi.
«Öqituvçilar tomonidan avvalo öquvçilar bilim egallaşi muhimligi, fanlarni özlaştiriş uçun soğlom bölişlari şartligi, şuning uçun ham vaqtida ovqatlanişga eʼtibor qaratilişi xususida tuşuntirişlar berilgani aniqlandi», – deyilgandi şahar xalq taʼlimi bölimi axborotida.
Qöqon şahar XTB bayonotida, şuningdek, heç qaçon öz futbol maydoni bölmagan 8-maktabda maydon yaqinda maktab rahbariyati tomonidan barpo etilgani ham taʼkidlangan edi. Boz ustiga, XTB maktabda «öquvçilar uçun bepul fitobar taşkil etilgani», «taʼlim sifatiga alohida eʼtibor qaratilayotgani», «maʼnaviy-maʼrifiy işlar ham namunali taşkil etilgani», «mamlakatimizda vijdon va eʼtiqod erkinligi inson huquqi sifatida belgilangani» kabilarga alohida töxtalib ötgan edi.
«Şuning uçun ham ijtimoiy tarmoqlarda haqiqatga töğri kelmaydigan xabarlarni berişda xolislikka eʼtibor qaratiş maqsadga muvofiqdir», deyilgan edi Qöqon şahar xalq taʼlimi bölim mudiri I.M.Rasulov tomonidan imzolangan raddiyada.
Farğona viloyati prokuraturasiga köra, 1928 yilda qurilgan 8-maktab 608 nafar öquvçiga möljallangan, unda sönggi öquv yilida 912 nafar öquvçi tahsil olgan.









