19 yillik kelişuv: Toşkent “biqin”idagi ikki qişloq nega Qozoğistonga ötgani oydinlaşdi

19 yillik kelişuv: Toşkent “biqin”idagi ikki qişloq nega Qozoğistonga ötgani oydinlaşdi

Avvalroq Qozoğiston va Özbekiston çegarasida joylaşgan Boğis va Xiyobon qişloqlari rasman Qozoğistonning Turkiston viloyati hududiga biriktirilgani haqida xabar bergan edik. 

Maʼlum bölişiça, Boğis va Xiyobon qişloqlari ilgari Özbekiston hududi hisoblangan. Biroq 2002 yilda Qozoğiston va Özbekiston Prezidentlari ikki örtada qozoq-özbek çegarasi töğrisida bitim imzolagandan söng, yuqoridagi ikki qişloq Qozoğiston tarkibiga ötgan. 

Ikki tomon özaro kelişuvga erişgan bölsa-da, bu qişloqlar uzoq vaqt de-fakto avtonom bölib qolavergan. Aholining bir qismi Qozoğiston pasportiga, qolganlari esa Özbekiston pasportiga egalik qilgan.

Xabarga köra, Boğis va Xiyobon aholi yaşaş punktlari Qozoğiston xaritasida qayd etilmagani va Xalqqa xizmat qiliş maʼlumotlari bazasida yöq bölgani sababli ikki qişloq aholisi hujjatlarni rasmiylaştirişda köplab qiyinçiliklarga duç kelgan. Ular bu haqida şikoyat qilib, bir neça bor mahalliy OAV va Qozoğiston Prezidentiga murojaat qilgan.

Şundan söng, 2021 yil aprelda Turkiston viloyatining maslahati hukumatga tomonlarning kelişuvi bilan Özbekistondan Qozoğistonga ötgan yerlarni qöşib, mintaqa çegaralarini özgartiriş taklifini kiritgan. 

Yakunda esa Qozoğiston hukumatining tegişli qarori bilan yuqoridagi ikki qişloq Turkiston viloyati hududiga biriktirildi.

×