Namangan viloyatining Çortoq tumanidagi «Sulton Uvays Qaraniy» ziyoratgohidan öğirlab ketilgan Qurʼoni Karim mushafi topildi.
Namangan viloyati IIB axborot xizmati bergan xabarga köra, boşqarma tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida qölyozma nusxasi Namangan şahridagi xonadonlardan biriga yaşirib qöyilgani aniqlangan.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, Qurʼonning qölyozma nusxasiga heç qanday zarar yetmagan.
Öğirlikda gumon qilinayotgan ikki nafar şaxs qölga olingan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, joriy yil 9 avgustdan 10 avgustga ötar keçasi soat 00:04larda nomaʼlum şaxslar «Sulton Uvays Qaraniy» ziyoratgohida saqlanib kelgan Qurʼoni Karim kitobining qölyozma nusxasini öğirlab, nomaʼlum tomonga yaşiringani aytilgan edi.









