Onamni janozalariga borayotgandim... IIBB yangiça firibgarlikdan ogohlantirdi

Onamni janozalariga borayotgandim... IIBB yangiça firibgarlikdan ogohlantirdi

Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi fuqarolarni firibgarlardan ogoh bölişga çaqirdi.

“Sönggi vaqtlarda fuqarolarimizga quyidagi mazmundagi SMS-xabarlar kelmoqda: “Assalomu alaykum. Men onamni janozalariga borayotganimda yölda maşinam buzilib, Qamçiq dovonida qolib ketdim. Menga sizning yordamingiz kerak. Telefonimga ozroq pul taşlab yuboring”.

Odatda 25 ming söm, baʼzida esa kattaroq mablağ söraşadi. Yaʼni, muammo pulda emas. Yordam qölini çözgan insonlar keyinçalik bilişlariça, ulardan yordam söragan odam umuman notaniş kimsa bölgan. Oddiyroq qilib izohlaganda, bu fuqarolarni aldaş yöllaridan biridir.

Açinarlisi şundaki, insonlarning muruvvatidan foydalangan kimsalar sababli, bir marta aldangan fuqarolar keyinçalik birovga yordam qölini çözişdan qörqib qoladi.

Hurmatli fuqarolar! Bu kabi holatlarda notaniş kişiga yordam beriş yoki bermaslikni özingiz hal qilasiz. Ammo aldanib qolmaslik uçun baribir ehtiyotkor bölişingiz zarur”, deyiladi IIBB xabarida. Sunnatilla Abdullayev

×