IIBB: Soqolni majburan heç kim qirmagan va qirmaydi ham

IIBB: Soqolni majburan heç kim qirmagan va qirmaydi ham

Maʼlum qilamizki, poytaxtda har yili şahrimiz aholisining xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan “Xavfsiz hudud” tadbirlari ötkazilmoqda. Şu bilan birga, uşbu tadbirlar davomida jamoat joylariga, masalan Sayilgoh köçasi, boğlar va hiyobonlar, köngiloçar-savdo markazlari, bozorlar va hokazolarga alohida eʼtibor qaratiladi. Baʼzi obʼektlarda vaziyatni kuzatiş uçun taşqi kuzatuv intellektual kameralaridan foydalaniladi. Maʼlumotlar bazasiga qidiruvda bölgan şaxslarning biometrik pasportlaridagi maʼlumotlar, yaʼni tartib böyiça közoynaksiz, boş kiyimisiz va soqolsiz tuşirilgan rasmlari kiritilgan.

23-24-avgust kunlari Şayxontoxur tumanidagi “Malika” deb nomlanmiş savdo maskanida bölib ötgan hodisaga töxtalsak. Darhaqiqat, u yerda işlaydigan baʼzi şaxslar böyiça öğrilik, öğirlangan qöl telefonlarini sotib oliş va sotiş faktlari asosida qözğatilgan jinoyat işi doirasida tezkor tadbirlar ötkazilgan. Afsuski, bu kabi holatlar hanuz röy berib turadi va uşbu savdo maskanida rasman va norasman işlaydigan alohida şaxslar qonunbuzarliklarga aralaşib qolişgan. Suhbatga taklif etilganlar soqoli bor yoki yöqlarga ajratilmagan, ammo taʼkidlaş joizki, soqollilar u yerda köpçilikni taşkil etadi.

Alohida fuqarolarga taşqi körinişlarini biometrik pasportdalaridagi rasmlariga muvofiqlaştiriş tavsiya etilgan. Deyarli barça uşbu iltimosni töğri tuşundi. Köplar soqol qöyib yuriş ular uçun muhim emasligini, balki vaqt yöqligi, modaga taqlid qiliş va boşqa sabablarga köra soqollarini olmaganlarini maʼlum qilişdi.

Şu bilan birga qatʼiy maʼlum qilamizki, yuqoridagi holatga diniy mazmunning heç qanday aloqasi yöq. Qolaversa, bu vaziyatda dindorlarning hissiyotlari bilan öynaşiş, mazkur mavzuni börttiriş noörindir. 

Hurmatli hamşaharlar va poytaxt mehmonlari! Jamoat tartibini saqlaş va sizning xavfsizligingizni taʼminlaş oson iş emas, aksinça, baʼzida köp qirrali, xatarli bölişi mumkin. Köplab holatlar nozik bölib, inson huquqlari va erkinligi, uning şaxsiy hayoti masalalariga borib taqalişi mumkin. Şu sababli içki işlar organlari xodimlari oldilariga qonun (Özbekiston Respublikasi “Içki işlar organlari töğrisida”gi Qonuni, Jinoyat-protsessual kodeks) doirasida iş tutiş vazifalari qöyiladi. Fuqarolarda ham huquqlardan taşqari Konstitutsiya va qonunlarga amal qiliş, özgalar huquqi, erkinligi, şaʼnini hurmat qiliş (Özbekiston Konstitutsiyasi 48-modda), içki işlar organi xodimi tomonidan vakolatidan kelib çiqqan holda qöyilgan qonuniy talablarini bajariş (“Içki işlar organlari töğrisida”gi Qonunning 10-moddasi) majburiyati mavjud.

×