Namanganda öqituvçi öquvçiga nega tarsaki tuşirdi?

Namanganda öqituvçi öquvçiga nega tarsaki tuşirdi?

Xalq taʼlimi Vazirining Nazorat-huquqiy xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan “Öquvçi ustozi özini şafqatsiz kaltaklaganini iddao qilmoqda” nomli maqola çop etilganganligi yuzasidan örganiş taşkil qilindi.
Namangan viloyati, Uyçi tumanidagi 22-maktabning informatika fani öqituvçisi Ötkir Xoliqov  2020 yil, 11 fevral kuni 10-“A” sinfida dars ötayotganida uşbu sinf öquvçisi B.I. intizomga rioya etmagan hamda darsga halaqit bergan. Öqituvçining bir neça bor ogohlantirişiga qaramay sinfdoşi G.X. bilan janjallaşib, uni urgan.
Öqituvçi unga tanbeh berib, doskaga çaqirib, nima uçun qiz bolani urasan, deya B.I.ni ikki şapaloq urgan. Öquvçi B.I. yugurganiça sinf xonasidan çiqib ketişda eşikka boşini urib olgan va uyiga ketib qolgan. Öquvçining onasi tuman IIBga murojaat qilib öğlini şifoxonaga yotqizgan. Şu kuni IIB xodimlari holat yuzasidan öqituvçi Ö.Xoliqov va boşqalar bilan voqea yuzasidan suriştiruv ötkazgan.
Öqituvçi öquvçining ahvolidan xabar oliş uçun şifoxonaga borib,  öquvçi bilan gaplaşgan. Öquvçining salomatligi yaxşilanganidan söng 2020 yil 17 fevral kuni şifoxonadan uyiga ruxsat berilgan. 
Şu kuni öquvçi va öqituvçining xatti-harakati yuzasidan muhokama yiğilişi ötkazilib, öqituvçi bolaning ota-onasidan keçirim söragan. Davolaniş uçun ketgan harajatlarni oylik maoşidan tölaşini bildirib, har ikkala tomon yaraştirilib, dalolatnoma tuzilgan.
2020 yilning 28 fevral kuni 22-umumiy örta taʼlim maktabida tuman hokimi M.Appakov, tuman IIB bölimi boşliği Ğ.Ğaniyev, “Olmurut” MFY raisi K.Siddiqov, XTB mudiri Ş.Muradovlar iştirokida 10-“A” sinf öquvçilari va  ota-onalari bilan yiğiliş ötkazilib, öquvçi va öqituvçilar örtasida uzviy döstona munosabat örnatiş hamda ota-onalarni farzandlar tarbiyasiga eʼtiborini kuçaytiriş zarurligi yuzasidan tegişli körsatmalarni berdi.
Vazirning Nazorat-huquqiy xizmati xodimlari iştirokida ötkazilgan örganiş yakunlariga köra informatika fani öqituvçisi Ötkir Xoliqov tuman maʼmuriy sudining qaroriga binoan jarimaga tortildi. 
Maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Z. Ismanjonovga nisbatan Mehnat kodeksi talablari böyiça oylik iş haqining 30 foiz miqdorida jarima intizomiy jazo belgilandi. Maktab direktori M.Siddiqova Namangan viloyati XTB boşliğining 2020 yil 27 fevral kunidagi 45-k sonli buyruği bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

×