Özbekistonda dollar kursi nega tez kötarilmoqda?

Özbekistonda dollar kursi nega tez kötarilmoqda?
Iyul oyining ikkinçi yarmidan boşlab, ayniqsa sönggi haftada içki valyuta bozorida xorijiy valyutaning sömga nisbatan almaşuv kursi oşiş surʼatining tezlaşişi kuzatilmoqda. Markaziy bank axborotiga köra, bunga bir qator taşqi va içki omillar sabab bölmoqda. Taşqi omillar. Joriy yilning iyul oyidan boşlab Özbekistonning asosiysavdo hamkor davlatlari (Rossiya, Qozoğiston va Xitoy) milliy valyutalari almaşuv kursining qadrsizlaniş tendentsiyasi kuzatilmoqda va bu, öz navbatida, içki valyuta bozorimiz iştirokçilarining almaşuv kursi böyiça kutilmalari va qarorlar qabul qiliş jarayoniga maʼlum darajada taʼsir körsatmoqda. Içki omillar, asosan, import qiluvçi xöjalik yurituvçi subʼektlar tomonidan xorijiy valyutaga bölgan talabning ösib borişi bilan boğliq. Içki valyuta bozorida talab va taklif hajmlari maʼlum bir darajada barqaror şakllangan davrda, Markaziy bankning interventsiyalari işlab çiqaruvçilardan monetar oltinni sotib oliş natijasida hosil bölgan qöşimça likvidlikni sterilizatsiya qiliş bilan birgalikda, valyuta kursini qisqa muddatli tebranişlarini pasaytiruvçi instrument sifatida qöllanib kelinadi. Şuningdek, içki valyuta bozorida yuzaga kelgan joriy holatni inobatga olib, Markaziy bank interventsiyalarni amalga oşirişda valyuta kursi kunlik tebranişining kengaytirilgan koridorini qöllaş mexanizmiga ötmoqda. Markaziy bank almaşuv kursining valyuta bozorida yuzaga kelgan joriy holatga qisqa muddatli kurs tebranişlarning davom etişi xamda keyinçalik fundamental trendiga qaytişi hisobiga katta bölmagan özgarişlar bilan moslaşib olişi mumkinligini bildiradi.[:]
×