Yaponiyaning yangi Boş vaziri Fumio Kişida öğirlangan yapon fuqarolari muammosini hal qiliş uçun Koreya Xalq Demokratik Respublikasi rahbari Kim Çen In bilan şaxsiy uçraşuv ötkazişga tayyor. Bu haqda u Tokiodagi matbuot anjumanida maʼlum qildi.
“Öğirlangan fuqarolar muammosi biz uçun juda muhim. Biz öğirlangan barça fuqarolarning tezroq qaytarilişini talab qilamiz. Men Kim Çen In bilan oldindan şartlarsiz şaxsan uçraşişga tayyorman”, degan u.
Maʼlumot örnida, Tokio Pxenyandan KXDR maxsus xizmatlari tomonidan öğirlab ketilgan yapon fuqarolari muammosini hal qilişni talab qilmoqda. Bu masala ikki davlat örtasidagi rasmiy diplomatik aloqalarni saqlamaydigan munosabatlarga tösiq böladi. 2002 yilda Pxenyan atigi 13 yapon fuqarosi öğirlanganini tan olgan va ulardan beştasiga öz vataniga qaytişga ruxsat bergan. Qolganlar ölik deb eʼlon qilingan, qoldiqlar esa qarindoşlariga yuborilgan, ularning haqiqiyligi tasdiqlanmagan.
Eslatib ötamiz, Yaponiya parlamentining ikkala palatasi keça, 4 oktyabr kuni köpçilik ovoz bilan Fumio Kişidani Yaponiyaning 100-Boş vaziri etib sayladi. Joriy yilning 29 sentyabrida esa u hukmron Liberal-demokratik partiya raisi lavozimini egallagandi.









