Farğona viloyatida mast holdagi erini böğib öldirgan ayol 10 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi.
Beşariq tuman sudida öz erini öldirgan ayolga nisbatan hukm öqib eşittirildi.
Sud maʼlumotlariga köra, qotillikka mastlik sabab oilada doimiy janjal kelib çiqqani sabab bölgan. Erining mast holatini yana bir bor körgan xotinning jahli çiqib, unga saboq berişga qaror qiladi.
U erining qöl-oyoğini boğlab, söng boşiga va tanasining turli qismlariga yoğoç bilan bir neça marta urgan. Şundan söng erkakning oğzini va burnini römolça bilan yopgan holda böğib öldirgan.
Sud uni Jinoyat kodeksining 97-moddasi ikkinçi qismi “v” bandi (qasddan odam öldiriş) bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.









