Diniy idora haydovçilardan Qurʼon oyatlari tuşirilgan tonirovkalarni örnatmaslikni söradi

Diniy idora haydovçilardan Qurʼon oyatlari tuşirilgan tonirovkalarni örnatmaslikni söradi

Çeçeniston musulmonlar diniy idorasi haydovçilardan avtoulovlariga Qurʼon oyatlari tuşirilgan tonirovkalar örnatişdan saqlanişni söradi. Bu haqda IslamNews naşri xabar bermoqda. 

Çeçeniston muftiysining örinbosari va Grozniy şahri qozisi Adam Ilyasovning taʼkidlaşiça, bunday harakatlar Allohning kalomiga nisbatan hurmatsizlikdir.

“Biz avtoulovlarida Qurʼoni karim yozuvi bor haydovçilarni ularni olib taşlaşga va Qurʼon oyatlarini xor qilmaslikka çaqiramiz. Bunday qiliş notöğri va hazillaşib bölmaydi. Biz bilamizki, Qurʼonga faqat tahorat bilan teginiş mumkin. Sizlar nima qilyapsiz, oyatlarni maşinaga, yana uning orqa oynasiga, eng iflos qismiga yopiştiryapsiz. Afsuski, bunday xatti-harakatlar bugungi kunda yoşlar orasida keng tarqalmoqda, urfga aylanmoqda. Biz ulardan bunday qilmaslikni söraymiz. Ota-bobolarimiz Qurʼon bölgan xonada hatto kiyimlarini ham almaştirişmagan. Qurʼonni körganda hurmat yuzasidan örinlaridan turişgan, çunki bu sunnatdir. Bugungi kunda köpçilik bunga yengil qarayapti. Şuning uçun biz Kalomullohni reklama mahsuloti qilib işlab çiqarayotganlardan, sotayotganlardan, uni olib yopiştirayotganlardan Allohdan qörqişni va uning oyatlarini xörlamaslikni sörab qolamiz”, – dedi muftiy örinbosari. 

Şuningdek, Adam Ilyasov faqihlar Qurʼon oyatlarini avtoulovlarga tuşiriş, yopiştirişni taqiqlaganini maʼlum qildi.

×