Özbekistonning Istanbuldagi Boş konsulxonasi Turkiyada bölib turgan vatandoşlarni şu kunlarda mamlakat böylab noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş doirasida ötkazilayotgan «maxsus reydlar»dan ogohlantirdi.
Rasmiy xabarga köra, mazkur reydlarda qölga tuşganlar orasida Özbekiston fuqarolari ham bor. Ular Turkiyada böliş qoidalarini buzgan.
Maʼlum qilinişiça, uşbu fuqarolarning aksariyati Istanbul şahridan boşqa viloyatlardagi repatriatsiya markazlari(Geri gönderme merkezi)ga yuborilmoqda.
«Kelib tuşgan arizalarga muvofiq, Boş konsulxona tomonidan Turkiya politsiyasi va Migratsiya xizmati (Göç İdaresi) orqali fuqarolarimizning holati örganilganda, ularning yonida şaxsni tasdiqlovçi hujjati (pasport, İkamet İzni) bölmagani yoki Turkiyada yaşaş va işlaş qoidalarini buzganliklari aniqlandi», – deyiladi xabarda.
Boş konsulxona rasmiylari, öz navbatida, Turkiyada bölib turgan özbekistonliklardan mahalliy qonunlarga töliq rioya etişni, özlari bilan şaxsni tasdiqlovçi (pasport) va Turkiyada yaşaş ruxsatini beruvçi (İkamet İzni) hujjatlarni olib yurişni söramoqda.









